Qaysi universitetlar BTEC kurslarini qabul qiladilar?

Buyuk Britaniyadagi universitetlar va kollejlarning 99 % BTEC talabalarini, jumladan, Oxford Universiteti va London School of Economics (LSE) kabi Russel Group ning raqobatdosh universitetlari qabul qiladi. 2015 yilda oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning to’rtdan bir qismida kamida bitta BTEC bo’lgan. Shuningdek, AQSh, Kanada, Avstraliya, Evropa va Osiyoning ko’plab TOP reyting universitetlari BTEC darajasiga ega talabalarni qabul qilmoqdalar.

BTEC o’quvchilari ko’pincha BTEC kurslarining portfelli xususiyati tufayli talabalar darajasida talab qilinadigan mustaqil ishlarga ko’proq tayyorlanishlari mumkin. BTEC kursida tanlagan vaqtni boshqarish va o’z tashkil qilish sizga qo’shimcha ustunlik beradi.

UCAS ma’lumotlariga ko’ra, kamida bitta BTEC darajasiga topshirgan muvaffaqiyatli abiturientlarning soni 2008 yilga qaraganda ohirgi yillar 12% dan 40% ga oshdi.

Oxford Universiteti vakilining so’zlariga ko’ra, qabul qilingan talabalarning qariyb 30 %  A-level dan farq qiluvchi BTEC kvalifikatsiyaga ega.

 

Oliy ta’limga o’tish

Avvalgi yillarda bo’lgani kabi, bu kuzda ham taxminan 150,000 BTEC talabalari universitet lirishga muvaffaq  bo’lishdi – universitetda tehsil olishni boshlaydigan har to’rt talabadan biri BTECga ega bo’ladi. Har yili 1 milliondan ortiq talabalar BTEC kvalifikatsiyasini olishadi va BTEC universitetga eng keng tarqalgan yo’nalish bo’lib qolmoqda, o’tgan yili deyarli har to’rtinchi talaba universitetga kirgan.

BTEC Level 3 ni qabul qiladigan universitetlar ro’yxatini bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, fanlar bo’yicha ko’plab imkoniyatlar mavjud – siz BTEC-da o’qiyotgan fanlaringiz  siz universitetda o’qiyotgan aniq  mavzuga doir bo’lishi shart emas. Masalan, agar siz BTEC-ni bitta fan sohasi uchun o’rgangan bo’lsangiz, universitetda boshqa fanga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Masalan, BTEC amaliy fanlar kimyo, biokimyo, oziq-ovqat  yoki zoologiya kabi fanlari o’rganish  diplom darajasidagi fanlarni ochib berishi mumkin, bu bir nechta misol xolos.

Shuningdek ko’rishingiz mumkin:
https://www.theguardian.com/education/2015/jul/21/will-taking-a-btec-help-or-hinder-your-university-application