Kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash uchun BTEC dasturlari ish beruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
- BTEC 2017 yilda Pearson, Nesta va Oxford Martin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar orqali aniqlangan ish bilan taminlash ko’nikmalarini, shu jumladan aloqa, jamoaviy ish va texnik bilimlarni qo’llashga yordam beradi.
- Avvalgi yillarda bo’lgani kabi, 100 mingga yaqin BTEC talabalari bu kuzda universitetda o’z joylarini egallashdi – universitetda o’qishi boshlanadigan har to’rtinchi talabada BTEC bo’ladi.
- BTEC o’quvchilarining 90% o’qishni tugatgandan so’ng ish topadi
- Yirik kompaniyalarning 62% BTEC dasturi bitiruvchilarini ishga qabul qilishdi
- BTECning kvalifikatsiyasi yuqori ish bandligini va ish haqining yetarlicha yuqori bo’lishini qo’llab-quvvatlaydi.
Talaba fanlarini tanlash tobora ko’proq iqtisodiyotning kelajakdagi ehtiyojlariga mos keladi.
- Level 3 da, yangi BTEC Nationals uchun eng ommabop beshta fan: biznes, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar, amaliy fanlar, axborot texnologiyalari / kompyuter texnologiyalari va sport.
- Level 2 da eng mashhur beshta fan: sport, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar, biznes, ijrochilik san’ati va AKT.
Qizlar baland pog’onalarga ko’tarilishda yetakchilik qilmoqda va o’g’il bolalardan ancha yuqori
- Ayol talabalar o’qil bola talabalarga qaraganda ko’proq amaliy fanlarni o’rganadilar va tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar, sog’liqni saqlash, ijtimoiy yordam kabi sohalarda tibbiyot xodimlarining sezilarli darajada talabgor.
- Qizlar deyarli barcha fanlar bo’yicha o’g’il bolalardan ustun turadi. 3.8% qiz talabalar yuqori baholar bilan diplomni olgan, o’gil bola talabalar esa 4% dan yuqori ball olishdi va Birinchi mukofotda 2-bosqichda talabalarning 15% qiz bola talabalar eng yuqori D balini olishdi, 9% erkak talabalarga to’g’ri keladi.
Shuningdek:
Raqamlar shuni ko’rsatadiki, hozirgi kunda universitetlar BTEC talabalarini 10 yil oldinga taqqoslaganda ikki barobar ko’p qabul qilishmoqda.
Angliyadagi oq va qora tanli ingliz talabalarining yarmi BTEC kabi kasb-hunar kollejlariga borishadi.