BTEC – xalqaro miqyosda tan olingan kasbga doir sohalarni o’qitishda yetakchi standart.

BTEC ni o’rganish

BTEC kurslari asosan amaliy ko’nikmalarga yo’naltirilgan bo’lib mavzularga doir bo’limlar ishlab chiqilgan. Barcha sinovlarni ohirida o’tkazish o’rniga BTEC butun davr davomida real hayot senariysi asosida baholangan holda sinovdan o’tkaziladi.  Bunday amaliy yondashuv  BTEC talabalariga , ish beruvchi va universitetlar izlayotgan bilim, amaliy konikmalarni rivojlantirish va qo’llash imkonini beradi. Va bu o’rganish,takomillashtirish va muvaffaqiyatga erishish uchun ko’plab imkoniyatlar mavjudligini anglatadi.

BTEC – bu shunchaki  xalqaro kurs emas – sobiq BTEC talabalarining aytishicha BTEC kurslarida olgan    bilimlari bilan ular ta’lim olishni davom ettirish yoki tanlagan sohalarida ishlab oldiga qo’ygan maqsadlari sari yangi pog’onalarini zabt etishgani haqida ko’p aytishadi.

BTEC nima?

BTEC bu “Biznes va texnologik ta’lim bo’yicha kengash” (dastlab uni boshqargan tashkilot nomi), bu kasbiy malakadir. Buni maktab yoki kasb-hunar kollejida o’rganish mumkin. BTEC A level  o’rniga yoki unga qo’shimcha ravishda universitetlarda ham, qo’shimcha ishlarda ham ommalashib borayotgan yo’nalishga aylanmoqda. Ucas ma’lumomtlariga ko’ra 2015 yilda universitet kurslariga qabul qilingan talabalarning 26% kamida bitta BTEC o’tishgan.

BTEC nimalarni o’rganishingiz mumkin?

BTEC darajasida talaba aniq mavzularda tuli sohalarda 16 ta sektorda 2000 ta kvalifikatsiyani o’rganishi mumkin. Ulardan ba’zilari amaliy harakteri tufayli  BTEC ni o’qitish usuliga ega bo’lishadi. Lekin BTEC darajasida kompyuter texnologiyalari  yoki muhandislik kabi bir nechta mavzular sizni hayratga solishi mumkin.

Talaba BTEC da o’qishi mumkin bo’lgan qo’shimcha mavzularga bolalar parvarishi, qurilish,ommaviy axborot vositalari, san’at, sport fanlari, sayohat hamda turizm kiradi.

BTEC ning qanday turlari bor?

BTEC turlari juda moslashuvchan. Ularni turli darajalarda o’rganish mumkin, ularning har biri har xil kvalifikatsiyaga mos keladi:

BTEC Level 1 – 2 = Umumiy o’rta ta’limning 10 va 11 sinflariga ekvivalenti, GCSE

BTEC Level 3 = Foundation va A level darajasiga ekvivalenti va birinchi yil diplom dasturiga kirishni ta’minlaydi

BTEC Level 4-7 =  talabaning 1-4 bakalavr yillariga to’gri keladi.

BTEC qanday baholanadi?

Har bir BTEC uchun siz ma’lum miqdordagi fanlarni topshirasiz – ayrim asosiy, boshqalari tanlangan – ular baholanadi. Har bir fan uchun siz Pass, Merit, yoki Distinction (Distinction-eng yuqori natija).

Siz bajaradigan topshiriqlar yozma topshiriqlar bo’lishi mumkin, masalan insholar yoki bundanda qiziqroq – aytaylik, hatto kulgili loyihalar. Mavzuingizga qarab, har qanday narsa bo’lishi mumkin:kuchaytirgichni yaratishdan dramatic asarni ijro etishgacha va hatto film yaratishga qadar!

BTEC sizni professional dunyoga qanday tayyorlaydi?

Bugungi ish beruvchilar turli qobiliyat va tajribaga ega ishonchli yoshlarni qidirmoqdalar. Siz o’z rezyumeingizda  Yuborish tugmasini bosganingizda, ular sizdan ishlashga tayyor bo’lishingizni istashadi. Butun dunyodgi ish beruvchilar BTEC kursini tamomlash orqali talaba olishi mumkin bo’lgan amaliy bilim, tajriba va ko’nikmalarga ega bo’lgan nomzodlarni talab qiladilar.

BTEC kvalifikatsiyasiga ega bo’lgan yoshlar keng ish beruvchilar tomonidan qadrlanadilar, chunki Pearson tomonidan ishlab chiqilgan BTEC kvalifikatsiyasi professional tashkilotlar, Oliy ta’lim mutaxassislar va ish beruvchi lar ishtirokida shakllantirilgan. Bu shuni anglatadiki, ish beruvchilar va universitetlar BTEC haqida ma’lumotga ega va ular hayotda qaysi yo’lni tanlashingizdan qat’iy nazar ish yoki qo’shimcha o’qitish uchun mos bo’lgan xalqaro kvalifikatsiya ekanligini bilishadi.