Grantlar

Cambridge International College quyidagi besh xil turdagi grantlarni taqdim etadi. Har bir grant o’qish shartnoma pulini to’liq qoplaydi. Siz shu 5 ta grantdan biriga topshirishingiz yoki bir vaqtning o’zida bir nechtasiga topshirishingiz ham mumkin. Bitta grantni yutganingizdan keyin boshqa grant tur(lar)idan sizning kandidaturangiz olib tashlanadi.

Grantlarning turfa xilligi barcha talabalarga o’z qobiliyatlarini, yaratuvchanligi va boshqa iste’dodini namoyon qilishlariga imkon yaratadi. Misol uchun “Social Media Star Scholarship” da har qanday talaba qatnashishi mumkin.

Quyidagi qo’llanmaga amal qilgan holda bor yo’gi 60 soniyalik video tayyorlab, eng ko’p natijaga erishsangiz, xech qanday SAT, yoki baland IELTS baholar va xatto qizil diplomsiz ham grant dasturiga qabul qilinishingiz mumkin. Eng qizig’i bu videoni har qanday tilda tayyorlashingiz mumkin, yoki umuman gapirmasligingiz, animatsion video yaratishingiz ham mumkin.

Grant dasturida qatnashish uchun qisqa videoni Telegram orqali: +998 99 087 9000 raqamiga yuboring. Siz o’zingizning ID raqamingizni va ism-sharifingizni videoga qo’shishingiz kerak.

Eslatma
Grant uchun ariza topshirish muddati: 31 Iyul 2020 (23:59 GMT+5, Toshkent)

  • Social Media Star Scholarship

    • Har semestrda uchta grant ajratiladi
    • Grant qabul vaqtida aniqlanadi
    • Ushbu grant Cambridge International College ning eng yaxshi 10% (GPA) talabalari qatoriga qo’shilishi bilan keyingi yilga uzaytirilishi mumkin
    • Nomzodlar CIC ijtimoiy mediya tarmoqlarida 60 sekundlik ijodiy yondashilgan, original video bilan ishtirok etishlari kerak, “Aynan nima uchun siz ushbu stipendiyaga loyiqsiz?” mavzusida
    • Video har qanday tilda bo’lishi mumkun
    • CICning barcha ijtimoiy sahifalarini kuzatib boring
    • Profilingizda 60 soniyalik videoni  ulashing va CIC eslatib o’ting
    • CIC Ijtimoiy Tarmoq sahifalarida videongiz bilan eng ko’p ovoz to’plang
    • Grant 100% bir yillik o’qish miqdorini o’z ichiga oladi

  • Excellence Scholarship

    • Akademik jihatdan kuchli nomzodlar bu grantga topshirishlari mumkin; IELTS, SAT, SAT subject, xalqaro va respublika olimpiada mukofotlari va boshqa qo’shimcha yutuqlar bilan
    • Ushbu grant Cambridge International College ning eng yaxshi 10% (GPA) talabalari qatoriga qo’shilishi bilan keying yilga uzaytirilishi mumkin
    • Siz nima uchun ushbu stipendiyaga loyiqligingiz haqida  60-soniyalik video. Ushbu Video Cambridge International College jiga ariza topshirilgandan keyin ikki hafta ichida topshirilishi kerak
    • Grant 100% bir yillik o’qish miqdorini o’z ichiga oladi

  • IDP IELTS Scholarship

    • Har yili o’nta grant beriladi
    • Qabul vaqtida grant aniqlanadi
    • 2020 yilda eng yuqori IDP IELTS test ballini olgan o’nta abituriyent
    • Grant faqat dasturning birinchi yili uchun beriladi
    • Ushbu grant Cambridge International College ning eng yaxshi 10% (GPA) talabalari qatoriga qo’shilishi bilan keying yilga uzaytirilishi mumkin
    • Siz nima uchun ushbu stipendiyaga loyiqligingiz haqida  60-soniyalik video. Ushbu Video Cambridge International College ga ariza topshirilgandan keyin ikki hafta ichida topshirilishi kerak
    • Grant 100% bir yillik o’qish miqdorini o’z ichiga oladi

  • SAT Scholarship

    • Har yili o’nta grant ajratiladi
    • Qabul vaqtida grant aniqlanadi
    • So’nggi ikki yil ichida eng yuqori SAT va SAT subject- test sinovlaridan o’tgan o’nta abituriyent
    • Ushbu grant Cambridge International College ning eng yaxshi 10% (GPA) talabalari qatoriga qo’shilishi bilan keyingi yilga uzaytirilishi mumkin
    • Siz nima uchun ushbu stipendiyaga loyiqligingiz haqida  60-soniyalik video. Ushbu Video Cambridge International College ga ariza topshirilgandan keyin ikki hafta ichida topshirilishi kerak
    • Grant 100% bir yillik o’qish miqdorini o’z ichiga oladi

  • Edu-Action Scholarship

    • Har yili beshta grant beriladi
    • Akademik jihatdan kuchli nomzodlar bu grantga topshirishlari mumkin; IELTS, SAT, SAT subject, xalqaro va respublika olimpiada mukofotlari va boshqa qo’shimcha yutuqlar bilan
    • Ushbu grant Cambridge International College ning eng yaxshi 10% (GPA) talabalari qatoriga qo’shilishi bilan keying yilga uzaytirilishi mumkin
    • Siz nima uchun ushbu gratnga loyiqligingiz haqida  60-soniyalik video. Ushbu Video Cambridge International College ga ariza topshirilgandan keyin ikki hafta ichida topshirilishi kerak
    • Tanlash uchun intervyu ham o’tqazilishi mumkin
    • Grant bir yillik o’qish uchun to’lovni 100% miqdorini o’z ichiga oladi

Eslatma
Har yilgi berilgan grantlarning umumiy miqdori Cambridge International College dagi talabalarning umumiy soni hisobida 10% dan oshmasligi kerak.

Grantni saqlab qilish qoidalari
Davomat darajasi har semestrda 80% ga teng yoki undan yuqori bo’lishi kerak
Har semestrda eng yaxshi 10% talabalar qatoriga kirishi kerak
CIC axloq kodeksiga rioya qilmaslik grantni bekor qilinishiga asos bo’lishi mumkin