Pearson BTEC International Foundation in Information Technology

Informatsion texnologiyalar sohasida Foundation – axborot texnologiyalari asoslarini o’z ichiga olgan bir yillik, kunduzgi ta’lim dasturi sifatida ishlab chiqilgan bo’lib, u ITda amaliy ko’nikmalar hosil qilib o’qitishga va keyingi bosqich ya’ni Level 4 ga talabalarni tayyorlab berishga asoslangan. Bu dastur asosi axborot tizimlari sohasida muayyan yo’nalishda boshlang’ich darajadagi mutaxasis sifatida faoliyat yuritish yoki ushbu sohadagi oliy ta’lim muassalarida ta’limni davom ettirishga mo’ljallab yaratilgan. Barcha talabalardan o’z tanlagan yo’nalishlari bo’yicha belgilangan fanlarni o’zlashtirish talab etiladi.

Fanlar:
  • Axborot texnologiyalari tizimlari strategiyasi, menejment va infratuzilma
  • Veb-saytlarni ishlab chiqish
  • Kiber xavfsizlik va uning boshqaruvi
  • Dasturlash
  • Axborot Texnologiyasini texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash va boshqarish
  • Enterprise in IT
Dastur tili:
  • Ingliz