Qabul shartlari

CICga qabul 2020 yil 20-iyundan boshlanadi. Barcha abiturientlar arizalarini saytdagi onlayn ariza portalidan foydalanib topshirishlari kerak.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarning skanerini yuklashlari talab etiladi:

  • Pasport (Yashil pasport)
  • Diplom / Attestat ilovasi bilan
  • IELTS sertifikati (minimal talablarni ko’ring)

CIC tomonidan ajratilgan grantlar dasturida qatnashishni istagan abiturientlar qisqa video (maksimal 60 soniya) yuklashlari kerak. Grant asosidagi g’oliblar Avgustning boshida e’lon qilinadi.

Videongizda quyidagi savollarga javoblar kerak:

  • O’zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot
  • Nima uchun aynan siz ushbu grantga loyiqsiz

Arizangizni onlayn topshirgandan so’ng, elektron pochtangizga tasdiqlovchi xabarni olasiz. Agar barcha talablar to’liq bajarilsa, talabnomalar besh ish kuni ichida ko’rib chiqiladi.